Toşkent şahri hokimi Rahmonbek Usmonovning 1 iyun kuni imzolangan qarori (PDF) bilan yirik savdo markazlari va maişiy xizmat körsatiş binolarining birinçi qavatlarida avtoturargohlar qurilişi ma'qullandi.
Aprel oyi örtasida şahardagi «talablarga javob bermaydigan» avtomobil garajlari örnida ikki, uç va olti qavatli avtoturargohlar quriş rejalaştirilayotgani haqida ma'lum qilingandi.
Poytaxt şahar hokimi qarorida şaharda avtomobillar soni yildan-yilga ortib borayotgani - 2014 yil 31 dekabrida 353 912ta, 2017 yilning 1 mart holatiga köra, 420 105tani (19 foizlik ösiş) taşkil qilgani, şuning davomida avtomototransport vositalarini tunaş bilan boğliq jinoyatlar soni ortib borayotgani, şahardagi 142ta töyxona va 57ta supermarketlarning (gipermarketlar) ayrimlarida avtomototransport vositalarini saqlaş joylari mijozlarning avtomototransport vositlari soniga yetarli miqdorda taşkil etilmagani, buning oqibatida tirbandliklar yuzaga kelib, fuqarolarga noqulayliklar tuğdirilayotgani keltirib ötilgan.
Qarorda tumanlar hokimlari rahbarligida şaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtoturargohlarni aniqlaş va qonun buziliş holatlarini bartaraf etiş böyiça işçi guruh tuziş belgilangan.
Bu guruhga tumanlar hududida joylaşgan garajlarni örnatilgan tartibda bosqiçma-bosqiç oldirib, şaharsozlik normalari va qoidalariga javob beradigan birinçi qavatida savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi bölgan köp qavatli avtoturargohlar quriş uçun takliflar beriş, bunday turargohlar qurilişi uçun tadbirkorlarni jalb qiliş, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari bilan birgalikda yangi taşkil etilgan köp qavatli avtoturargohlar saqlaş joylarini obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş, olib borilayotgan işlar haqida Toşkent şahri hokimiga har haftada hisobot beriş, aholi örtasida tegişli tarğibot va taşviqot işlarini yuritiş vazifalari yuklangan.
Işçi guruh şuningdek, 2017 yil oxiriga qadar yöllardagi tirbandliklarni bartaraf etiş, aholiga xizmat körsatişda yanada qulayliklar yaratiş maqsadida, tumanlar hududlarida joylaşgan savdo majmualari (supermarket, gipermarket) va töyxonalar yon atrofidagi hududlarda avtoturargohlar taşkil qiliş böyiça tegişli çoralarni köradi.
Avtoturargoh quriş imkoni yöq töyxona egalari, savdo majmualari sohiblariga faoliyati turini özgartiriş tavsiya etiladi.

















