Ikkinçi appelyatsion sud AQŞ prezidenti Donald Trampning olti musulmon davlatining AQŞ hududiga kirişini taqiqlaşni közda tutuvçi immigratsion farmonini blokladi. New York Times şu haqida xabar berdi. 

Qaror San-Frantsiskodagi Töqqizinçi okrug sudi tomonidan qabul qilingan. Bundan avval Virjiniya ştati, Riçmond şahrida joylaşgan Törtinçi appelyatsion sud ham şunday mazmundagi qaror qabul qilgandi. 

Ma'muriyat sud taqiqlovlari ustidan Oliy sudga şikoyat qilişi haqida ma'lum qildi. 

Tramp 6 mart kuni Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikaning olti musulmon mamlakati fuqarolarining AQŞga kirişini vaqtinçalik taqiqlovçi yangi farmonni imzoladi. Amerika ma'lumotlariga köra, bu mamlakatlar terrorçilarga yordam körsatadi, ba'zilari esa ularga boşpana beradi. Donald Tramp bunday mazmundagi birinçi farmonni 27 yanvarda, öz inauguratsiyasidan bir hafta ötib imzolagandi. Unda "qora röyxat"da yetti mamlakat, jumladan Iroq ham bor edi. Farmonning ikkinçi versiyasida Iroq röyxatdan olindi. 

Qator sudlar taqiqlovning kuçga kirişini töxtatganidan söng Tramp ma'muriyati rasman Oliy sudga farmon ta'sirini tiklaşni sörab murojaat qilgan.