Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi mahalliy Daily Mail naşri tomonidan e'lon qilingan maqolaga izoh berdi. Unda Qrim Rossiya hududi sifatida körsatilgan.
Diplomatik vakolatxonadagilarning fikriça, gazeta şu tariqa Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatini qöllab-quvvatlaşga uringan.
«Qrim – bu Ukraina. Daily Mail’ning fitna kayfiyatidagi maqolasiga qaramay, bu heç qanday effekt bermaydi hamda janob Putinga öz işqibozlarini köpaytirişda yordam körsatmaydi», - deya ta'kidlanadi elçixonaning tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq Britaniyaning Daily Mail naşri Qrimda Ikki jahon uruşi vaqtida dengiz minasini portlatiş haqidagi matnida yarim orolni Rossiya mintaqasi sifatida körsatdi.

















