Argentinada uçuvçi samolyot kabinasida parvoz vaqtida qöşiq kuylaşi bilan Buenos-Ayres xalqaro aeroporti dispetçerlik xizmatining samolyotlar bilan aloqa qilişiga xalaqit qildi. Bu haqda Univision naşri xabar bermoqda.
Uçuvçi iş örnida qöşiq kuylayotib dispetçerlik xizmati bilan aloqani öçirib qöyişni unutgan va şu tariqa aloqa çastotasida şovqinlar keltirib çiqargan. Uçuvçining nola qilişi 15 daqiqa davom etgan.
Uçuvçi puerto-rikolik qöşiqçining aşulasini kuylagan. Uning qöşiq kuylaşi audioyozuvi mahalliy telekanallar tomondan tarqatilgan.
Ta'kidlanişiça, minglab odamlar uçuvçi qöşiq kuylayotgani va uning matnini unutib, sökinayotganini eşitişgan. Uçuvçi uni boşqalar eşitayotganini anglagaç, darhol uzr söragan.
Uçuvçi işlaydigan kompaniya vakillari "u buni yomon niyatda amalga oşirmaganini" ma'lum qilişgan.

















