Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatarlik tadbirkor mamlakatga 4 ming sigirni samolyotlarda olib kelmoqchi
Qatarlik tadbirkor Mutaz al-Hayot Avstraliya va AQShda 4 mingta sigir sotib olib, ularni mamlakatga samolyotlarda olib kelishni maqsad qilgan, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Dohalik tadbirkor buni Qatarni sut mahsuloti bilan ta'minlash maqsadida qilmoqchi.
Al-Hayotning fikricha, har birining og‘irligi 600 kg.gacha keluvchi taxminan 4 ming sigirni olib kelish uchun 60 ta aviareysni amalga oshirish talab etiladi. Avvaliga tadbirkor hayvonlarni dengiz yo‘li orqali olib borishni mo‘ljallagandi.
Tadbirkor Dohadagi Power International Holding kompaniyasiga rahbarlik qiladi, u qurilishga ixtisoslashgan. Shuningdek, Mutaz al-Hayot qishloq xo‘jaligi biznesini ham rivojlantirib, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yangi sutni iyun oxiridan boshlab har kuni ishlab chiqara boshlaydi, iyul o‘rtalariga kelib esa Qatarning sutga bo‘lgan talabining uchdan bir qismi qondiriladi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026