GM avtonom avtomobillarning birinchi ommaviy partiyasini ishlab chiqardi

General Motors'ning bir bo‘limi hisoblangan Chevrolet kompaniyasi avtonom mashinalarni ommaviy ishlab chiqarish usullarini birinchi bo‘lib qo‘llaganini ma'lum qildi. Kompaniya Bolt EV elektrokari bazasida 130 ta haydovchisiz prototiplarni ishlab chiqardi. InsiderPro shu haqdagi xabari bilan bo‘lishdi.
Chevrolet Bolt zavodda seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan birinchi haydovchisiz avtombil hisoblanadi.
Chevrolet'da yangi xetchbeklar mustaqil boshqariluvchi avtomobillarning noyob avlodi deb atalmoqda. Ularda kameralar, lidarlar va boshqa sensorlarning yangi to‘plami o‘rnatilgan.
Bundan avval 50 ta haydovchisiz avtomobil Arizona, San-Frantsisko, Skottsdeyl, Uorren va Detroytda sinovdan o‘tkazila boshlangandi. GM'ning ijrochi direktori Meri Barra shunday deydi:
"Real sinov parkining kengayishi bizning avtonom mashinalarimiz ham xavfsizlik va sifatning qolgan avtomobillarimizda rioya qilinadigan barcha qat'iy standartlariga javob berishini kafolatlashga yordam beradi".
Muhandislar avtopilotning turli yo‘l sharoitlarida o‘zini qanday tutishini takomillashtirish uchun haydovchisiz mashinalarni turli xil ko‘cha va yo‘llarda sinab ko‘rishmoqchi.
GM'ning sho‘'ba korxonasi hisoblangan Cruise Automation bosh direktori Kayl Fogtning aytishicha, yangi avtomobillar shaharning yanada murakkab yo‘llarida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamoqqa olingan shaxsni hibsxonada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun imzolandi
Jahon | 16:33
-
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi
Jahon | 16:04
-
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi
Fan-texnika | 15:53
-
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi
O‘zbekiston | 15:47
Mavzuga oid

15:52 / 23.06.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

22:07 / 10.03.2025
2025 yilning eng ishonchli avtomobillari reytingi tuzildi

14:35 / 27.06.2024
Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillarining sotuvi qariyb 3 barobarga qisqardi

17:42 / 24.05.2024