Joriy yilning 14 iyun kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumani bölib ötdi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 2 mayda qabul qilingan “O’zbekiston 24” axborot tahliliy teleradiokanali faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi (2944-son) Qarorning ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan işlar anjuman diqqat markazida böldi.
Sessiyada Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari Bobir Alixanov, “O’zbekiston 24” teleradiokanali rahbariyati - direktor Ozod Hamidxöjayev, direktorning birinçi örinbosari Rahim Mahkamov, direktor örinbosari Sohibjon Alijonov qatnaşib, qarorda belgilangan vazifalar va ularning ijrosiga oid tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar berişdi.
Yangi teleradiokanal 251 nafar ştat birligiga ega bölib, “O’zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda uşbu formatga töliq ötilgunga qadar parallel ravişda UzHD kanalida ham amalga oşiriladi.

Yangi teleradiokanal tunu kun bevosita efir davomida zamonaviy jurnalistikaning barça imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mamlakatimiz taşqi va içki siyosatining muhim masalalarini butun respublika böylab keng yoritib boradi. Bir vaqtning özida xalqaro va mahalliy voqea hodisalarga xolis baho berib, Özbekiston aholisining sifatli axborotga bölgan kuçli talabini qondirişga xizmat qiladi. Şuningdek, yangi teleradiokanal zamonaviy mediakontent sifatida özida bugungi davrning eng ilğor mediamahsulotlari, zamonaviy standartlari va kreativ yondaşuvlarini ham mujassamlaştirişi alohida körsatilgan.
Öz faoliyati kölami doirasida “O’zbekiston 24” teleradiokanali oçiq muloqot muxitida davlat va jamiyat boşqaruv organlari rahbarlari, ekspertlar, keng jamoatçilik va akademik doira vakillari iştirokida dolzarb muammolarni ijtimoiy muhokamalar markaziga olib çiqiş, ularning yeçimlari böyiça aniq takliflar beriş kabi vazifalarni ham bajarişi nazarda tutilgan. Bu yönalişda yangi teleradiokanalning Taraqqiyot Stategiyasi markazi va “Xalqaro Press-klub” hamda boşqa ommaviy axborot vositalari, nodavlat-notijorat taşkilotlari, fuqarolik institutlari bilan hamkorlik qilişi rejalaştirilgan.
Özbekiston tarixida birinçi marta 24 soat davomida axborot uzatadigan yangi formatdagi “O’zbekiston 24” teleradiokanalining taşkil etilgani mamlakat ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqadi.

















