Xalqaro press-klubning 5 fevraldagi sessiyasida qişloq xöjaligi sohasi muhokama qilindi.

Sessiyada jurnalistlar tomonidan Özbekistonda klaster tizimi yildan yilga kengroq joriy qilinayotgani, şunday bölsa-da ularning huquqiy maqomi hamon belgilanmagani, bu esa fermer xöjaliklari bilan munosabatlarda turli nizoli vaziyatlarni keltirib çiqarayotgani borasida savol berildi.

Savolga Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev javob berdi.

"Biz Prezident tomonidan ötkazilgan yiğilişda şu masalani ham gaplaşib oldik. Haqiqatda köp muammolar bor. Huquqiy asos masalasida biz ötgan yili klaster va fermerlar örtasida şartnoma tartibini belgilagan edik. Ammo şartnomaning şartlari siz aytganingizdek, fermerlar manfaatini va ba'zi joylarda klasterlar manfaatini hisobga olmagan.

Bu borada prezident vazifa qilib berdiki, bir oy içida Adliya vazirligi va Qişloq xöjaligi vazirligi bilan birga mana şunday normativ hujjat işlab çiqiladi.

Biz bu muammoni bilamiz va unga bir oy içida yeçim topamiz", - deya vazir sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirga, şuningdek, dehqon va tomorqa yer egalarining köpçilik qismi ösimliklarning turli kasalliklari va zararkunandalaridan zarar körayotgani, bu borada vazirlik qanday işlar olib borayotgani borasida ham savol berildi.

Jamşid Xöjayev

Jamşid Xöjayevga köra, ösimlik kasalliklari zararkunandalari masalasi bevosita “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati zimmasidagi masala hisoblanadi.

“Men avvaldan aytişim mumkinki, biz alohida normativ-huquqiy hujjat işlab çiqdik. Unga köra, bu tizim yangi agentlik tomonidan muvofiqlaştiriladigan bölyapti. Bu agentlik tomorqa yer egasining ham, fermerning ham masalasi bilan şuğullanadi.

Bizning bu boradagi taklifimiz yaqin kunlarda hukumatga yetib borişi kerak.

Hujjatda agronom-entomologlarni yana qaytadan davlat tomonidan moliyalaştiriş tizimi ham közda tutilgan", dedi u.

Qöşimça qilinişiça, bu borada şu paytga qadar aniq tizim yöqligi sababli ham muammolar yuzaga kelmoqda. Şuningdek, kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraş maslahat beriş tizimida işlamoqda.