«Mehnat kodeksi nafaqat davlat taşkilotlari, balki xususiy sektordagi kadrlar talablariga ham javob bermaydi», - dedi Hakimov Press-klubning 14 fevral kungi sessiyasida.

Sessiyada davlat va nodavlat taşkilotlarida bilimli va zamonaviy kadrlar köpligi, ammo mehnat qonunçiligida ularning huquqlari qançalik himoya qilingani borasida savol berildi.

Savolga javob bergan Rahimjon Hakimovga köra, Özbekiston mehnat kodeksi ramkalarga solingan va sobiq ittifoq iqtisodiyotiga moslaşgan.

«Bizda mutlaqo yangi kodeks işlab çiqiş böyiça işçi guruh tuzilgan. Guruh tarkibida Adliya hamda Bandlik va mehnat vazirligi mutaxassislari işlayapti.

Mehnat qonunçiligi şaffof va moslaşuvçan bölişi kerak. Ğarb mamlakatlarining mehnat kodeksiga qarasak, u yerda ikki tomonli kelişuvga, ya'ni rahbar va hodim örtasidagi kelişuvga şaroit yaratib beradi.

Mehnat qonunçiligi köproq mehnat şartnomasi asosida işlaydigan xodimlar örtasidagi munosabatlarni tartibga soladi», - dedi u.

Adliya vaziri örinbosarining qöşimça qilişiça,  şu yilning 1 yanvaridan eksperimental tarzda Adliya, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarida şaffof, oçiq va tanlov asosida işga oliş jarayoni boşlangan.