13 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Xorijiy investitsiyalar iştirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini taşkil etiş töğrisida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni Prezident rasmiy veb-saytida joylaştirilgan.
Bundan avvalroq, “Özavtosanoat” AK va “Pejo Sitroyen” Gruppasi örtasida Özbekistonda yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqaruvçi qöşma korxona barpo etiş böyiça kelişuv imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Jami qiymati 133,3 million yevro bölgan «Özbekistonda yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş» investitsiya loyihasi Jizzax viloyatidagi «Jizzax» EIZ hududida amalga oşiriladi. Qöşma korxonaning ustav kapitali 29,3 million yevroni taşkil etadi. «Jizzax» EIZ hududida zavod qurilişi uçun 45 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 mayga qadar investitsiya loyihasi doirasida quriliş-montaj işlari amalga oşiriladi va şu bilan bir vaqtda loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqiladi.
Özbekiston rahbari Özbekiston Respublikasi hukumati, Peugeot Citroen Automotive S.A. va «Özavtosanoat» AJ örtasida tuzilgan, Özbekiston hukumati tomonidan UzPCA MÇJga taqdim etiladigan xorijiy investorning muayyan majburiyatlarini va davlat kömagi böyiça çora-tadbirlarni aks ettiruvçi investitsiya bitimini tasdiqladi.
Şavkat Mirziyoyev loyiha iştirokçilari uçun qator soliq va bojxona imtiyozlarini va preferensiyalarini taqdim etdi.
















