AQŞning Çikago universiteti olimlarining xulosalariga köra, yolğizlik insonda egosentrizm* hissini kuçaytiradi.  Bu tadqiqot natijasi EurekAlert! ilmiy yangiliklar portalida qisqaça e'lon qilindi. Maqolaning töliq matni Personality and Social Psychology Bulletin jurnalida e'lon qilingan.

Yolğizlik va egosentrizm örtasidagi aloqalarni örgangan ekspertlar 11 yil mobaynida 50-68 yoşdagi 229 iştirokçini kuzatişgan. 

Çikago universiteti ruhşunoslariga köra, bu holatning aks holati ham mavjud. Çunki, egosentrizm, öz navbatida, insoniy yolğizlikka sabab böladi. 

"Yolğizlik xudbinlikka sabab bölişini kutiş mumkin edi, ammo aks ta'sir bölişi biz uçun haqiqiy kutilmagan yangilik böldi", — deya qayd etgan tadqiqot mualliflaridan bor. 

*Egosentrizm (qad.grekça. Εγώ — «men» va lotinça centrum — «doira markazi») — şaxsning öz fikridan boşqa ğoya, qaraşni e'tiborga molik deb baholaş qobiliyatiga ega bölmasligi yoki xohlamasligi. Öz nuqtai nazarini yagona mavjud fikr deb bilişi, xudbinlik.