Şveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi ştab kvartirasi vakillari Özbekistonga taşrif doirasida “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasida bölişdi va xolding kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanişişdi. Bu haqda “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi 2002 yil 20 sentabrda imzolangan “Texnikaviy va moliyaviy hamkorlik hamda gumanitar yordam töğrisida”gi Hukumatlararo bitimga muvofiq Özbekistonda faoliyat olib bormoqda. Hozirda, Agentlik tomonidan suv resurslarini mukammal boşqariş, qişloq joylarida aholini içimlik suvi bilan ta'minlaş va sanitariya şaroitlarini yaxşilaş, suv xöjaligi mutaxassislarini kasbiy könikmalarini rivojlantiriş hamda san'at va madaniyat sohalarida amalga oşirilayotgan bir qator loyihalarga beğaraz moliyaviy yordam körsatilmoqda. Şveytsariyaning Özbekistonda amalga oşirgan loyihalarining umumiy qiymati taxminan 12 000 000 AQŞ dollarni taşkil qiladi. Agentlik vakillari 2016 yil oktabr oyida boşlangan “Özbekistonda suv resurslarini boşqariş milliy loyihasi” doirasida “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasiga taşrif buyurişdi. Agentlikning Yevroosiyo departamenti boşliği janob Kladio Tonyola öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi.
“Şveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi 1961 yilda taşkil etilgan, ştab-kvartirasi mamlakat poytaxti Bern şahrida joylaşgan. Bizning Agentlik nafaqat Şarqiy Yevropa, balki mustaqil davlatlar hamdöstligi hududidagi mamlakatlar bilan ham har tomonlama aloqalarni mustahkamlaydi. Agentlikning Yevroosiyo departamenti Markaziy Osiyo mamlakatlari, şu jumladan, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston bilan hamkorlik böyiça aloqalarni yölga qöygan. Jumladan, agentligimiz mintaqadagi juda muhim mamlakat sanalmiş Özbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.
Hozirda Özbekistonning qişloq xöjaligi sohasida suv resurslarini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça loyiha iş olib bormoqda.
Janob Kladio Tonyola “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyati va uning Monitoring markazi bilan ham tanişdi va öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi.
“Loyiha doirasida Suv xöjaligi taşkilotlarini institutsional salohiyatini mustahkamlaş böyiça jadal işlar olib borilmoqda, jumladan, Qişloq va suv xöjaligi vazirligi Suv xöjaligi boş boşqarmasi qoşida Axborot-resurs markazini yaratiş rejalaştirilgan. “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tizimida faoliyat körsatayotgan Monitoring markazlari suv iste'molçilari uyuşmalarini rivojlantiriş va fermer xöjaliklari darajasida suvdan oqilona foydalanişni qöllab-quvvatlaş maqsadlari uçun foydali bölişi mumkin. Şu bois, loyiha tomonidan tuman Monitoring markazlarini Axborot-resurs markazining muvofiqlaştiriş nuqtalari sifatida hamda uzviy aloqa mexanizmi sifatida jalb qiliş rejalaştirilmoqda.

















