Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida 2018 yilgi jahon chempionati uchun stadion qurilishi vaqtida ishchilardan biri baxtsiz voqea qurboniga aylangan.
«Koza» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 13 iyun kuni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, «Nijniy Novgorod» stadioni qurilishida yollanma ishchi sifatida mehnat qilgan shaxs balandlikdan yiqilib halok bo‘lgan. Hodisaga xavfsizlik choralariga rioya qilinmagani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam ishchining o‘limini tasdiqlagan.















