Joriy yilning 9, 11, 14 iyun kunlari “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi Moskva-Nukus yönalişi böyiça I.Savitskiy nomidagi Davlat san'at muzeyi eksponatlarini qayta olib keliş böyiça maxsus reyslarni amalga oşirdi.

Joriy yilning 7 aprel-30 may kunlari A.Puşkin nomidagi tasviriy san'at Davlat muzeyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat san'at muzeyi kolleksiyasidagi 250 dan ortiq tasviriy va amaliy san'at namunalari, arxeologik buyumlar körgazmasi bölib ötdi. Uşbu körgazma eksponatlari Nukusdan Moskvaga va teskari yönaliş böylab “Özbekiston havo yöllari” MAK reyslari orqali olib borildi.

Milliy aviataşuvçining umid bildirişiça, bunday tadbirlar Özbekiston madaniy yodgorliklariga qiziqişning ortişiga olib keladi. Bundan taşqari, aviakompaniya Özbekiston va Rossiya örtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaşga hissa qöşişdan mamnun.