Stiv Jobs: «Izlaning va izlanişdan heç qaçon töxtamang»
|15:53 / 15.06.201733 85115 min
Harvard Business Review Apple kompaniyasi asosçisi Stiv Jobsning 2005 yil 12 iyun kuni — roppa-rosa 12 yil muqaddam Stenford universiteti bitiruvçilari oldida qilgan maşhur nutqini esga oldi.
Men sizlarga öz hayotimda röy bergan uç voqeani sözlab bermoqçiman. Şunçaki uç voqea, ortiqça biror narsa emas.
Ulardan dastlabkisi — nuqtalarni birlaştiriş haqida. Men Rid-kollejga öqişga kirganimdan olti oy ötib öqişni taşlaganman, şundan söng yana 18 oy mobaynida unga erkin tinglovçi sifatida qatnab yurdim, ana şundan keyingina butunlay ketdim. Nega men bunday yöl tutdim?
Hammasi men tuğilmasimdan ham ham avvalroq boşlangan. Mening biologik onam yoş aspirant qiz bölgan. U asrab olişsa menga yaxşiroq böladi, degan qarorga kelgan. U meni oliy ma'lumotli insonlar asrab olişini istagan, hammasi meni bir yurist öz xotini bilan asrab olişiga qarab ketayotganida, mening tuğilişimga bir daqiqa qolganida ular aslida qizaloq xohlaşayotganini aytib qolişgan. Şu sababli röyxatda keyingi bölib turgan boşqa juftlik menga ota-ona bölgan. Yarim tunda ularga qönğiroq qilib, «Bizda kutilmaganda öğil bola tuğildi. Uni asrab olişni istaysizlarmi?» deb söraşgan. Ular «Albatta, istaymiz», deb javob berişgan.
Biologik onam yangi ota-onam oliy ma'lumotga ega emasligini bilib qolganida, u asrab olişga oid sönggi hujjatlarni imzolaşdan boş tortadi. Onam faqatgina ögay ota-onam qaçondir men kollejga öqişga kirişimni va'da berişganidan sönggina hujjatlarga imzo çekadi.
17 yil ötgaç, men kollejga öqişga qabul qilindim. Biroq men göllik bilan Stenford singari juda qimmat kollejni tanladim, işçilar sinfidan bölgan ota-onamning barça jamğarmalari öqişimga sarflana boşlandi. Oradan olti oy ötgaç, ta'lim olişda biror qadr körmasligimni tuşunib yetdim. Men öz hayotim bilan nima qilişni bilmadim va kollej bu borada menga nima yordam berişini ham anglamasdim. Men, şunçaki, ota-onam umr böyi yiqqan pulni sarflayotgandim.
Ana şunday kunlarning birida kollejni taşlaşga qaror qildim. Men hammasi biror yöl bilan öz örniga tuşişiga işonardim. Öşa paytlar menga juda qörqinçli tuyulayotgandi, biroq hozir ortga nazar taşlab aytişim mumkinki, bu hayotimda qabul qilgan eng çiroyli qarorlarimdan biri bölgan ekan. Öqişni taşlaganimdan söng men faqat özimga qiziq bölgan maşğulotlargagina qatnay boşladim.
Mavzuga oid
Bu yerda heç qanday romantika yöq edi. Menda yaşaşga ham joyim yöq edi, şu sababli döstlarimnikida, polda uxlardim. Men qornim töyişi uçun Koladan böşagan şişalarni 5 sentdan topşirardim. Biroq bu hol menga yoqardi. Öşanda men töqnaş kelgan narsalarning aksariyatiga özimning qiziquvçanligim va intuitsiyam tufayli erişganman va bu bebaho hayotiy tajriba bölgan.
Bitta misol keltiraman. Rid-kollej öşa paytda kalligrafiyaga örgatuvçi mamlakatdagi eng yaxşi öquv dargohlaridan biri bölgan. Kollejdagi har bir poster, yaşiklardagi har bir yorliq öta çiroyli kalligrafik husnixat bilan yozilgan edi. Men oddiy maşğulotlarga bormasam ham, kalligrafiyani örganişga qaror qildim. Men kertikli va kertiksiz garnituralar, harflar örtasidagi böş joyning turli kattaligi — xullas, buyuk topografiyani buyuk qiluvçi barça narsalarni örgandim. Bu heç bir fanga böysunmas ajoyib tarixiy va badiiy bilim edi va u meni butkul maftun etib bölgandi.
Bu bilimlar keyingi hayotimda asqotişiga biror imkoniyat yöq edi, biroq 10 yil ötib, Macintosh uçun dizayn yaratayotganimizda bu bilimlarning barçasi yana xayolimda jonlandi va uni Mac’ning dizayniga jo qildik. Bu ajoyib topografikaga ega ilk kompyuter edi. Agar men öqişni taşlamaganimda, kollejdagi bu kursga qatnamaganimda, Mac’da heç qaçon bunday şriftlar bölmas edi. Windows şunçaki Mac’dan nusxa köçirib olgani e'tiborga olinsa, bunday şriftlar birorta şaxsiy kompyuterda bölmasdi. Xullas, kollejdan ketmaganimda meni bu kalligrafiya kursiga yozilmasdim, şaxsiy kompyuterlar heç qaçon ajoyib topografikaga ega bölmasdi. Öz-özidan, kollejdagi maşğulotlarga qatnab yurganimda kelajakka qarab bu nuqtalarni birlaştirişning iloji yöq edi, biroq bu 10 yil ötib mutlaqo aniq körinişga keldi.
Yana bir bor takrorlayman: siz oldinga qarab nuqtalarni birlaştira olmaysiz, faqatgina ortga qarab ularni birlaştirasiz. Bu esa nuqtalar kelajakda qandaydir yöl bilan birlaşişiga işonişingiz kerakligi bildiradi. Siz instinkt, taqdir, hayot va yana nimalargadir işonmoğingiz kerak. Bu yondaşuv hali hayotimda menga biror marta pand bermagan.
Mening ikkinçi hikoyam — muhabbat va yöqotiş haqida. Men baxtli edim, men özimga nima yoqişini juda erta anglaganman. Stiv Voznyak va men Apple’ni ota-onamning garajida, 20 yoşga tölgan çoğimda yaratganmiz. Biz köp va xöb işladik hamda 10 yil içida Apple ikki kişilik firmadan 2 mlrd. dollarlik va 4 ming xodimga ega kompaniya darajasiga yetdi. Biz özimizning eng yaxşi mahsulotimiz — Mac’ni endi-endi işlab çiqarganimizda men 30 yoşda edim — ana şundan keyin... meni işdan böşatişgan.
Özing asos solgan kompaniyadan seni qanday qilib böşatişlari mumkin? Apple ösayotgan istiqbolli kompaniya edi va biz uni ravnaq toptiriş uçun menga öta iqtidorli köringan insonni yolladik. Boşida işlar yaxşi ketayotgan edi, keyinçalik qaraşlarimizda farq yuzaga kela boşladi, alal-oqibatda biz uruşib qoldik. Bu voqea röy berganida direktorlar kengaşi uning nuqtai nazarini himoya qilib çiqdi. Mana, 30 yoşdaman va işdan böşatildim, böşatilganda ham katta mojaro ortidan. Butun ongli hayotim mazmuni bölgan narsa yöq böldi, bu esa öta alamli edi.
Bir neça oy nima qilişni bilmay yurdim. Men özimga berilgan estafeta tayoqçasini qölimdan tuşirib yuborib, oldingi avlodga oid biznesmenlarning umidini puçga çiqarganimni anglab turar edim. Men Devid Pakkard va Bob Noys (Hewlett-Packard va Intel asosçilari) bilan uçraşdim va sodir bölgan vaziyat yuzasidan ulardan uzr söramoqçi böldim. Men juda ommaviy tarzda şarmanda bölgan edim, şu sababli Vodiydan qoçib çiqib ketişni ham öylay boşlagan edim. Biroq şu vaqtning özida içimda nimadir qayta tuğila boşladi. Men hamon özim qilayotgan işni sevardim: Apple’da yuz bergan voqealar bunga zarraça ta'sir körsata olmagandi. Meni rad etişdi, biroq men öz işimni sevardim, şu sababli hammasini yangidan boşlaşga qaror qildim.
Öşanda men buni anglamagan ekanman, biroq Apple’dan böşatilişim hayotimda röy bergan eng ajoyib hodisa bölgan ekan. Muvaffaqiyatlilik yuki heç narsada butkul işonçi bölmagan yangi boşlovçining osonligi bilan almaşdi. Bu voqea meni ozod qildi va hayotimdagi eng ijodkorlik davrini boşlab berdi. Keyingi beş yil içida men NeXT va Pixar kompaniyalariga asos soldim, keyinçalik umr yöldoşimga aylangan ajoyib qizni sevib qoldim. Pixar «Öyinçoqlar voqeasi» — kompyuterda çizilgan ilk multfilmni ommaga namoyiş etdi. Ayni paytda Pixar — jahondagi eng muvaffaqiyatli animatsion studiya hisoblanadi. Ajoyib voqealar ketma-ketligidan söng Apple NeXT’ni sotib oldi va biz NeXT’da yaratgan texnologiyalar Apple’ning qayta tuğilişi uçun asos bölib xizmat qildi. Loreyn ikkimiz esa ajoyib oilaga asos soldik.
Men aniq aminmanki, agar meni Apple’dan haydab yuborişmaganida bularga erişa olmas edim. Albatta, bu öta aççiq dori ekan, biroq bemorning unga ehtiyoji bor edi. Ba'zan hayot boşingga toş bilan tuşirib qolar ekan, biroq sen işonçni yöqotmasliging kerak. Men aminmanki, özim qiladigan işni sevganim uçun davom ettirişga qodir bölganman. Özingiz sevgan narsalarni toping, siz sevadigan kişini toping. Sizning işingiz hayotingizni katta qismini qamrab oladi va undan lazzatlanişning birgina yöli bor — öz işingiz ajoyib ekanligiga işoniş. Ajoyib işda işlaşning esa birgina yöli bor — özingiz qilayotgan işni seviş. Modomiki, özingiz sevadigan narsani topa olmagan ekansiz, izlanişda davom eting va aslo töxtamang. Qalb amriga böysunuvçi barça işlarda bölgani kabi, siz uni topgan zahoti tuşunib yetasiz. Yillar ötişi bilan u sizga tobora yoqaveradi, şu sababli izlaning va aslo töxtamang.
Mening uçinçi hikoyam — ölim haqida. Men 17 yoşga tölganimda qayerdandir öqib qoluvdim: «Agar siz har bir kunni sönggi kundek yaşasangiz, kun kelib haq bölib çiqasiz». Bu gap menda qattiq taassurot qoldirgan. Keyingi 33 yil içida men har kuni ertalab közguga qarab turib özimga savol berişdan çarçamadim: «Agar bugun hayotimdagi sönggi kun bölsa, men bugun qilişim kerak bölgan işni qilişni istarmidim?» Köp kunlar mobaynida «yöq» javobi yangrardi va men nimanidir özgartiriş kerakligini bilardim. Men tez orada ölişim mumkinligi haqidagi fikr — hayotda bir qarorga kelişimda kömak beruvçi qurollarimning eng muhimidir, çunki hamma narsa: özgalarning umidi, mağrurlik, muvaffaqiyatsizlik yoki qiyinçiliklar oldida vahimaga tuşiş — bularning barçasi ölim surati oldida çekinadi va haqiqatdan ham muhim narsalarga örin böşatib beradi. Eslab qoling: ölim haqida boxabarligingiz — nimanidir yöqotayotganligingiz haqidagi fikrlardan xalos bölişning eng yaxşi yöli sanaladi. Siz bu holatda endi heç vaqosiz yalanğoçsiz, şu sababli öz qalbingizning ovoziga quloq tutmaslikdan boşqa ilojingiz yöq.
Bir yilça muqaddam menda saraton xastaligini aniqlaşdi. Men ertalab soat 7:30da fotosuratni oldim. U oşqozon osti bezimdagi ösmani oçiq-oydin körsatib turardi. Öşa vaqtda men oşqozon osti bezi nimaligini ham bilmasdim. Vraçlar bunday turdagi saratonni tuzatib bölmasligini va köpi bilan tört-olti oy umrim qolganini aytişdi. Doktorim uyga borib, hamma yoqni tartibga keltirişimni — döxtirlar tili bilan aytganda «ölimga tayyorgarlik körişim»ni — keyingi 10 yil içida bolalarimga aytmoqçi bölgan gaplarni keyingi oylar içida gapirib olişni, oilam bilan vidolaşiş oson bölişi uçun imkoni bölgan barça işlar amalga oşirilganidan köngilni töq qilişni maslahat berdi.
Mening butun kunim şu taşxis bilan ötdi. Keçqurun mening ustimda biopsiya amalini bajarişdi: tomoğim orqali endoskop kiritişdi, uni oşqozon va içaklarim böylab yönaltirişdi, oşqozon osti bezimga nina sançişdi va ösimta hujayrasidan bir neça namuna olişdi. Men narkoz ostida edim, xotinimning aytişiça, hujayralarni mikroskop ostida körgan vraçlar yiğlaşgan, çunki bu oşqozon osti saratonining jarrohlik yöli bilan davolaş mumkin bölgan öta noyob şakli ekan. Meni operatsiya qilişdi va ayni paytda soğligim joyida. Men ölimga juda yaqinlaşdim va umid qilamanki, keyingi bir neça ön yillar unga boşqa yaqinlaşmayman.
Bularning barisini boşimdan keçirib, naqadar muşohadaga asoslangan bölmasin, öşa — ölimni eslaş foydali bölgan paytlarga nisbatan yuksakroq işonç bilan aytişim mumkinki, heç kim ölişni istamas ekan! Arşi a'loga çiqişni xohlovçi insonlar ham ölişni istaşmaydi. Yana bir narsa. Ölim — barçamizning boşimizda bor sinoat. Heç kim undan qoçib qutulolgan emas, şunday bölişi ham kerak, çunki ölim — hayotning eng ajoyib ixtirosi, bu hayotdagi özgarişlar vakili. U eski narsadan tozalab, yangisiga yöl oçadi. Hozir yangi narsa — bu sizsiz, biroq asta-sekin, vaqt ötişi bilan eskiga aylanasiz va sizdan ham qutulişadi. Dramatizm uçun afv etgaysiz, lekin bu ayni haqiqat. Sizning vaqtingiz çegaralangan, şu sababli uni begonayu özgalarning hayoti bilan yaşaşga sarflay körmang. Boşqalarning fikri bilan yaşaşga majburlovçi dogmalar qopqoniga tuşmang. Özga fikrlar şovqini öz içki ovozingizni bosib taşlaşiga yöl qöyib bermang. Va eng asosiysi — intuitsiyangiz va qalbingiz amriga böysuniş uçun özingizda kuç topa oling. Ular qandaydir yöl bilan sizning haqiqatda kim bölişingiz kerakligini juda yaxşi bilişadi. Qolgan barçasi ikkilamçi.
Yoşligimda «Butun ona Yer katalogi»dek ajoyib kitob naşr etilardi va bu mening avlodim uçun öziga xos muqaddas kitob edi. Uni Styuart Brand ismli yigit öylab topgan. U kitobni nazmiy körinişda çop etgan edi. 60-yillar oxiri edi, şaxsiy kompyuterlar va noşirlik tizimlari hali mavjud emasdi, şu sababli kataloglar yozuv maşinkalari, qayçi va polaroidlar yordamida tayyorlanardi. Bu Google paydo bölişidan 35 yil muqaddam qoğozdagi Google singari bir narsa edi. Idealistik, qulay yöriqnomalar bilan töldirilgan va buyuk ğoyalarga boy kitob.
Styuart va uning jamoasi «Butun ona Yer katalogi»ning bir neça nomerlarini çiqarişdi, söngra, ular uçun hammasi poyoniga yeta boşlagaç, yakuniy soni çiqdi. 70-yillar örtalari edi, men siz hozir neça yoşda bölsangiz şu yoşda edim. Sönggi son muqovasining orqa qismida ular tonggi qişloq yölining suratini joylaştirişgandi. Agar siz avtostopga qiziqsangiz, mana şunaqa yöllarda maşina uşlaşga urinib körgan bölsangiz kerak. Fotosurat ostida tagsöz bor edi: «Oçligingizça qolavering. Qiziqqonligingizça qolavering». Bu ularning xayrlaşuv nomalari edi. Men har doim özimga oç va bemulohaza bölib qolişni tilaganman. Endi esa siz öqişni tugatib, yangi hayot boşlaşga tayyor bölib turgan ekansiz, sizlarga ham mana şuni tilayman: oçligingizça qoling, bemulohazaligingizça qoling.