Kaliforniyada Stenford universitetining xitoylik yuqori martabali amaldorga tegişli kundaliklarni saqlay oliş-olmaslik masalasiga bağişlangan sud jarayoni boşlandi. Iş Xitoy hukumatining senzuraga qarşi kuraşi sifatida baholanmoqda.
Kundaliklar kommunistik Xitoy asosçisi Mao Tszedunning kotibi, mahrum Li Ruiga tegişli bölgan. Li 2019 yilda vafot etganidan keyin uning bevasi hujjatlar endi öziga tegişli ekanini ta’kidlagan holda Pekinga qaytarişni sörab, sudga murojaat qilgan.
Stenford uşbu da’voni rad etmoqda. Unda aytilişiça, Xitoy hukumatining tanqidçisi bölgan Li öz kundaliklari Kommunistik partiya tomonidan yöq qilinişi mumkinligidan xavotirlanib, ularni universitetga topşirgan.
1935 yildan 2018 yilgaça bölgan davr oraliğida yozilgan kundaliklar Xitoy Kommunistik partiyasi boşqaruvining asosiy qismini öz içiga oladi. Ötgan sakson yil davomida Xitoy qaşşoqlik izolyatsiyasidan çiqib, jahon iqtisodining ajralmas qismiga aylandi.
«Agar kundaliklar Xitoyga qaytarilsa, ular taqiqlanadi… Xitoy partiya yetakçilarining tanqid qilinişiga ruxsat beriş borasida yaxşi reputatsiyaga ega emas», — deydi Stenford advokatlaridan biri Mark Litvak.
Özining islohotçi qaraşlari bilan tanilgan Li Xitoyda taniqli davlat arbobi bölib, bir vaqtning özida partiya uni hurmat qilar va uni öziga yaqinlaştirmaslikka harakat intilar edi.
Yoş kadr sifatida u Maoning e’tiboriga tuşib qoladi va 1950 yillar örtalarida Xitoy yetakçisining şaxsiy kotibiga aylanadi. Ammo bu lavozim uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.
Li siyosiy yiğinda Maoning qaraşlarini tanqid qilgaç, u partiyada a’zoligidan öçiriladi va hibsga olinadi. U yuzlab partiya amaldorlari va jamoat arboblari qatorida e’tibordan çetlatiladi. Li boşqalar kabi 1976 yilda, Maoning vafotidan keyin yana siyosatga qaytadi. U Gidroelektroenergiya vazirligi va partiyaning amaldorlarni muhim lavozimlarga tayinlaydigan bölimiga rahbarlik qiladi.
Nafaqaga çiqqanidan keyin ham Li partiyada islohotlar ötkazişni davom ettiradi. Ammo uning aççiq haqiqatlari, jumladan, Si Tszinpinni qilgan tanqidlari hukumatga yoqmaydi. Uning mehnatlari senzuraga uçrab, kitoblari Xitoyda taqiqlab qöyiladi.
Şunga qaramay, u partiya oqsoqoli sifatida hurmat va imtiyozlarga ega edi. Li vafot etganida u hurmat-e’tibor bilan dafn etiladi. Marhum hokimiyatda bölgan vaqtidagi faoliyatini batafsil kundaliklariga yozib borgan.
















