Xitoy qattiq rentgen nurlari şaroitlarida işlay oladigan maxsus teleskop yaratdi. Teleskop pulsar va qora tuynuklarni örganişda qöllanadi. 

Teleskop "Çançjen-4B" raketasi tomondan fazoga olib çiqildi. Raketa Gansu viloyatidagi Tszyutsyuan kosmodromidan uçirilgan. 

Teleskopning oğirligi 2,5 tonnani taşkil qiladi va ayni vaqtda 55 km balandlikda qolmoqda. 

Xitoylik olimlar teleskop eng yaxşi uskunalar bilan jihozlangani va boşqa davlatlar sun'iy yöldoşlariga nisbatan, kattaroq aniqlaş va kuzatiş hududiga egaligini aytişgan. Mutaxassislar teleskop yordamida qora tuynuklar rivojlanişi qanday yuz berişini hamda neytron yulduzlardagi magnit maydonlarni örganişmoqçi.

Teleskop bajarişi kerak bölgan asosiy vazifalar sifatida magnit maydon rivojlanişi jarayoni, gravitatsion tölqinlar tabiati va neytron yulduzlarning koinot navigatsiyasida qöllanişini örganiş aytilgan.