Özbekiston öz hududida istiqomat qiluvçi qirğizlarga ğamxörlik bilan munosabatda bölmoqda. Bu haqda Özbekistonning Qirğizistondagi elçixonasida ma'lum qilingan.

Bundan avvalroq Qirğiziston Respublikasi ombudsmeni hisobotida eng köp etnik qirğizlar Özbekiston hududida yaşaşi aytilgandi - 300 ming kişi. Uning hisobotida Tojikistondagi kabi Özbekistondagi qirğizlar ham Qirğizistonga köçib ötişni istaşadi, sababi - bu respublikalarda ularning huquqlari çeklangan: qirğiz tilidagi maktablar yopilgani, işga qabul qilişdagi ajratişlar şular jumlasidan.

Ammo özbekistonlik diplomatlar bu bayonot tekşirilmagan ma'lumotlar asosida berilganini iddao qilişadi.

«Özbekistonda hamişa barça fuqarolarga teng qaralgan, jumladan millati qirğiz bölganlarga ham. Ular uçun jamiyatda barça huquq va şaroitlar yaratilgan», — deyilgan xabarda.

Özbekistonda qirğiz tilida 56 maktab mavjud bölib, ularda 8 mingdan ortiq bola ta'lim oladi. Andijon davlat universitetida «Ona tili va adabiyoti: qirğiz tili va adabiyoti» bakalavriati mavjud bölib, 2015/2016 öquv yilida unga 75 nafar talaba qabul qilingan.

Özbekistonda 6ta madaniy markaz mavjud — Andijonda, Namanganda, Farğonada, Jizzaxda, Sirdaryoda va Toşkentda (1995 yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgan bu markaz Özbekistondagi qirğizlarning madaniy markazlarini birlaştiradi).