Xitoyda yaşovçi 50 mingga yaqin qirğiz “siyosiy qayta tarbiyalaş lagerlari”ga zörlik bilan jönatilgan. Bu haqda u yerda uşlab turilgan qirğizlarning huquqlarini himoyalovçi qömita a'zosi Almanbet Osmonuulu ma'lum qildi. 

Xitoy Sintszyan viloyatida “ekstremistlar” uçun möljallangan lagerlarning mavjudligini yaqindagina tan oldi. OAV va huquq himoyaçilari bunday lagerlarda ön minglab uyğurlar zörlik bilan uşlab turilganini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga köra, bunday lagerlarga sud va tergovsiz “ekstremizm”da gumon qilingan minglab musulmonlar jönatiladi.

Osmonuuluning aytişiça, Xitoyda yaşovçi va lagerlarga jönatilgan qirğizlar “dindan yiroqlar, dindorligi bilan ajralib turmaydi”. Uning ma'lum qilişiça, uşlangan qirğizlar orasida ziyolilar – olimlar, jurnalistlar bor.

Lagerlarda uşlanib turilganlar yaqinlarining fikriça, tarbiyalaş lagerlarining maqsadi ekstremizmga qarşi kuraş körinişi ostida turkiyzabon aholini assimilyatsiyalaş (qoriştirib yuboriş) hisoblanadi. “Bu lagerlar ta'lim beruvçi markazlar deb ataladi, aslida bunday emas. Bu lagerlarda kommunistik ğoyalar suqiştiriladi, böysunmaslik uçun qiynoqlar qöllanadi”, demoqdalar ular.  

26 noyabrda Xitoydan qaytgan 10 nafar etnik qirğiz qarindoşlarining Xitoyda qayerdaligini aniqlaşda kömak körsatişni sörab Qirğiziston prezidentiga murojaat qilişgan.