Jamiyat | 18:37 / 16.06.2017
11502
2 daqiqa o‘qiladi

“Qizil yarim oy” jamiyatining sobiq xodimi Buxoroda 20 dan ortiq fuqarolarni o‘z tuzog‘iga ilintirdi

Buxoro shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan U.Saidahmedov “Qizil yarim oy” jamiyatida firibgarlik, mansab soxtakorligi kabi qing‘ir ishlar bilan nom chiqardi. U o‘zining mansab vakolatidan foydalanib, juda ko‘plab fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning muammolarini Buxoro shahar hokimi orqali hal qilib berishni va'da qilib, aldov yo‘li bilan ulardan juda ko‘p miqdordagi pul va boshqa modiy qimmatliklarni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Jumladan, Buxoro tumani, Rabotipoyon MFYda yashovchi, nafaqadagi  M.Fattoyevadan o‘zi ishlab kelayotgan “Qizil yarim oy” jamiyatining xizmat xonasida jami 20.300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, ushbu pullar evaziga unga Buxoro shahar hokimi bilan kelishib, Buxoro shahridan arzon narxda uy olib berishni va'da qilib, M.Fattoyevani ishontirish maqsadida turar joy qurib berilishi to‘g‘risidagi soxta shartnomani hamda pul qabul qilganligi to‘g‘risidagi soxta to‘lov kvitansiyalarini berib,  uning ishonchiga kirib, aldab, pora berishga qiziqtirib, jabrlanuvchiga jami 78.651.335 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib firibgarlik, mansab soxtakorligi va pora berishga suiqasd qilish jinoyatlarini sodir etgan.
         
Shuningdek, U.Saidahmedov o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Buxoro tumanida yashovchi fuqarolar, jumladan, B.Xalilov, Sh.Baxronov va M. Aminovlarning har biridan 15.000 AQSh dollaridan pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bir qator jinoyatlarga qo‘l urgan.
       
Hozirgi kunda fuqaro U.Saidahmedovga nisbatan ayb e'lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid