2017 yilning 14 iyun kuni, taxminan soat 20:30 larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida, Şayxontohur tumani hududida Ötkir Abdullayeviç Zoirov uyining xovlisida qonunga xilof ravişda 3 tup «naşa» giyohvandlik vositasini ekib, yetiştirayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş va yetiştiriş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.