Saudiya Arabistoni migratsiya qonunçiligini buzgan yuz minglab xorijiy işçilar öz vatanlariga qaytişga tayyorgarlik körmoqda. Ular qirollikda e'lon qilingan amnistiyadan foydalanib qolişmoqçi. Bu haqda mamlakat pasport departamenti rahbari general-mayor Sulaymon al-Yahyo xabar bergan.

"Umumiy hisobda Saudiya Arabistonida yaşaş qoidalarini tartibga soluvçi qonunga zid harakatlarni amalga oşirgan 404 ming kişi, körsatilgan vaqt davomida bizning departament va filiallarga, çiqib ketiş hujjatlarini rasmiylaştiriş masalasida murojaat qilişdi, - dedi u. – Qirollik hududini 100 mingdan ortiq inson tark etib böldi".

Ar-Riyodda “Qoidabuzarliksiz davlat” dasturi haqida 29 mart kuni e'lon qilindi. Şu paytdan boşlab qoidabuzarlarda Saudiya hukumatining qöllab-quvvatlovi yordamida uylariga qaytişlari uçun 90 kunlik muddat bor edi, ular keyinçalik işlaş uçun qaytib keliş huquqiga ham ega. 

Saudiya Arabistoni rahbariyati bir neça yildan beri noqonuniy işçilar muammosini hal qiliş harakatida. Ma'lumotlarga köra, bunday insonlar soni 5 mln.ga yoki mamlakat aholisining 20 foiziga teng. Muammo mamlakatga kirib kelgan işçilarga nisbatan homiylikning avvalgi tizimi bilan boğliq, uni xalqaro huquq himoyasi taşkilotlari qullikning qonuniylaştirilgan şakli, deb ataşadi.