Olimpiya öyinlarida 23 marta ğalaba qozongan amerikalik suziş ustasi Maykl Felps oq akula bilan suziş borasida bellaşmoqçi. Bu haqda Vice Sports xabar berdi.
Unga köra, bahs 23 iyulga rejalaştirilgan. Tadbir taşkilotçisi hisoblangan Discovery telekanali bu öziga xos musobaqa qayerda bölib ötişiga oydinlik kiritmadi.
Naşrning ta'kidlaşiça, akula soatiga 40 kilometr tezlikka çiqişi mumkin bölsa, amerikalik maşhur sportçi soatiga faqatgina 10 kilometr tezlikni qayd eta oladi. Ta'kidlanişiça, inson va yirtqiç örtasidagi bahs şakli noma'lumligiça qolmoqda.
Eslatib ötamiz, Maykl Felps Olimpiya öyinlari tarixidagi eng köp sovrinni yutib olgan sportçi sanaladi.

















