Jahon | 10:14 / 17.06.2017
25732
2 daqiqa o‘qiladi

Putin AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvdan bosh tortganini izohladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida bayonot berishicha, Rossiya va Barak Obama ma'muriyati Suriya bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin bo‘lgan. Biroq, amerikaliklar so‘nggi lahzalarda, ehtimol, siyosiy sabablar tufayli bundan bosh tortgan.

Putinning Stounga bergan intervyusining kitob holidagi namunasi 16 iyun kuni kitob do‘konlariga sotuvga chiqarildi. Putinning ruschadagi gaplari inglizchadan tarjima qilingan holda berilgan. 

"Bilasizmi, amalda, biz Obama ma'muriyati bilan Suriyada birga ishlash bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgan edik", — degan Putin.

"Biz havo kemalarimiz parvozining xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishni muhokama qildik. Afsuski, bu qilgan yagona ish bo‘ldi. Biz olg‘a siljimadik. Biz qo‘shma harakatlar bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi edik. Bu ularning va bizning ma'lumotlarni taqqoslab, terrorchi guruhlar joylashuvi aniqlashni ko‘zda tutar edi. Fikrimcha, biz qarshi kurashishimiz lozim bo‘lgan nishonlarni aniqlashimiz kerak edi. Biz qo‘shma zarbalar berish bo‘yicha kelishuvga ham yaqin turgan edik", — deb hikoya qilgan Putin.

"Biz bu kelishuvga erishishga juda yaqin edik. Ammo, menimcha, qandaydir siyosiy sabablar tufayli, bizning amerikalik hamkorlar so‘nggi lahzalarda loyihadan bosh tortishdi", — deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid