Skype asosçilari uç yil avval yangi Starship Technologies kompaniyasini oçişdi va soatiga 6 kilometr tezlikda harakatlanuvçi robot-kurerlarni işlab çiqarişni yölga qöyişdi. Bu robotlar dunyoning turli mamlakatlarida sinovdan ötmoqda, kuni keça esa Estoniya parlamenti ham mamlakatning barça hududlarida robot-kurerlardan foydalaniş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Hi-News şu haqida xabar berdi.
Barçasi qonuniy bölişi uçun robot bir metrdan baland bölmasligi kerak. Robotning vazni 50 kilogramm bilan çegaralanadi, korpusi esa albatta oq rangda bölişi lozim. Robot-kurerda çiroqlar ham bölişi zarur. Starship Technologies robotlari bu talablarning barçasiga javob beradi. Şunday ekan, tez orada bunday kurerlar butun Estoniya böylab tovarlarni yetkazib beriş bilan şuğullanişi mumkin.
Ötgan yilning oxirida Starship Technologies robotlari turli mamlakatlarda sinovdan ötkazila boşlandi. Hozir ularni 60 şaharning köçalarida uçratiş mumkin, biroq robotlarning u yerdagi harakatlarini töla qonunli deb bölmaydi, ular imkoniyatlari jihatidan çegaralangan. Ba'zi mamlakatlargina bundan mustasno. Masalan, Amerikaning Virjiniya va Aydaho ştatlarida robotlarning köçalarda harakatlanişiniga doir qonunçilikka tuzatiş kiritildi, bundan avval şunga muvofiq qonun qabul qilingan San-Frantsiskoda esa, aksinça, robotlarning xizmati munosib baholanmadi.

















