Özbekistonda mobil operatorlar tomonidan körsatiladigan bepul xizmatlar röyxati aniqlandi. Röyxat Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilingan operatorlar uçun yangi qoidalarda taqdim etilgan.

Operator tomonidan körsatiladigan bepul xizmatlarga quyidagilar kiradi:

1) operator tomonidan taqdim etiladigan mobil aloqa xizmatlari töğrisida axborot beriş;
2) operatorning mobil aloqa tarmoğining xizmat körsatiş zonasi töğrisida axborot beriş;
3) mobil aloqa xizmatlariga tariflar töğrisida axborot beriş;
4) abonent şaxsiy hisob raqamining holati töğrisida axborot beriş;
5) bepul körsatiladigan axborot-ma'lumot xizmatlari töğrisida axborot beriş;
6) operator va uning filiallarining rekvizitlari, joylaşgan örni va iş tartibi töğrisida axborot beriş;
7) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yöqolganligi (SIM-kartadan foydalaniş közda tutilmagan mobil aloqa standartlari uçun), abonentning şaxsiy ma'lumotlari özgarganligi töğrisidagi axborotni qabul qiliş;
8) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalaniş imkoniyati töğrisida axborot beriş.

Bepul axborot-ma'lumot xizmatlarining röyxati operator tomonidan mustaqil kengaytirilişi mumkin.

Operator öz abonentlariga bepul asosda telefon qönğiroği orqali bepul axborot-ma'lumot xizmatlaridan foydalanişni ta'minlaşi kerak. Operator pullik axborot-ma'lumot xizmatlarining röyxatini mustaqil ravişda belgilaydi.

Operator taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etiş va mobil aloqa xizmatlaridan foydalaniş tartibi, uşbu xizmatlarga tariflar, mobil aloqadan foydalanişda çeklanişlar töğrisida abonentlarni, şuningdek mobil aloqa xizmatlarini körsatiş uçun şartnomani tuziş istagi bölgan jismoniy va yuridik şaxslarni xabardor qilişga majbur.

Xizmatlarning pullik ekanligi töğrisida abonentlarni oldindan xabardor qilmasdan ayrim pullik xizmatlar uçun tölov undirilgan holda uşbu xatti-harakat körsatilmagan xizmatlar uçun undirilgan tölovga tenglaştiriladi.