Kun.uz’ning “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda galdagi mehmonimiz Toşkent şahri boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov böldi. Biz u kişi bilan Ramazon oyining eng muborak kuni bölmiş Laylatul Qadr keçasi va uning fazilatlari haqida suhbatlaşdik.
“Bismillahir rohmanir rohiym. Özbekistonda moddiy holat qançalik yuksak darajaga kötarilayotgan bölsa, ma'naviy holat ham ana şunday sur'atda yuqorilab bormoqda. Ma'naviyatimizning javhari Islom dini, Qur'oni karimdir. Özbek xalqining butun hayoti, urf-odatlari mana şu din bilan çambarças boğliq.

Prezidentimiz tomonidan bu yilgi Ramazon oyini çiroyli ötkaziş borasida qabul qilingan qaror özining amaliy ifodasini topdi. Özbekistonning mingga yaqin, jumladan, Toşkentning 105 ta masjidida Qur'on xatmi bölib ötdi. Juda katta ulamolarimizning aytişiça, xatmonalar qilişda jahonda, birinçi örin, Makkai mukarramaga nasib etsa, undan keyingi örinda Özbekiston turadi. Mamlakatdagi fayz, baraka, odob-axloq – barçasi yaxşilikdan dalolatdir.
Ramazonning eng oliy çöqqisi bu – Laylatul Qadr keçasidir. Payğambarimiz (s.a.v) şunday marhamat qiladilar: “Kim Laylatul Qadr keçasida bedor bölib, duo qilsa, uning avvalgi gunohlari mağfirat qilinadi”. Bu biz ummatlarga başorat. Kimki şu keçada ixlos bilan, yolvorib Allohga duo qilib çiqsa, onadan yangi tuğilgan kabi gunohlardan foriğ böladi. Bu, albatta, biz uçun katta saodat.

Bu keçani ziyofat qilib emas, yaxşilik qilib ötkaziş kerak. Afsuski, köpçilik turli taomlar hozirlab olib, dasturxonlarni bezab, turli xil gaplarni sotib, biz Qadr keçasida ötirdik, deyişlari mutlaqo notöğri amaldir. Xöş, bu keçada nimalar bilan band böliş lozim böladi? Avvalo, qalbni mana şu kunga sozlab oliş kerak. Hufton namozidan keyin, tahoratni yangilab, poklanib, duo-yu zikrda böliş, tahajjud namozini öqiş, Qur'on tilovat qiliş, istiğfor aytiş, takbir va tahlillarga e'tibor qaratiş lozim böladi. Ana şunda inson özidagi özgarişlarni, qalbiga yaxşi narsalar quyilib kelayotganini anglaydi. Bu keçani mana şunday ötkazsakkina foyda olamiz, hadisda aytilgan saodatga erişamiz.

Bir narsani yaxşilab idrok etib olmoq kerak. Rasulimiz (s.a.v): “Amallar niyatga boğliq”, deb aytganlar. Şu bois har bir kişi yuqorida aytib ötilganidek, qalbni poklab olişi kerak. Bu keçada, ayniqsa, qalbda Allohga bölgan muhabbatni yanada oşiriş lozimdir. Aytmoqçi bölganimizki, mana şu keçada bedor böladigan kişining qalbida çirkin illatlar bölmasligi, uni sof holda uşlab turişi juda yaxşi işdir.
















