Seul hayvonot boğidagi kuzatuv kameralari ikki katta fil çökib ketayotgan filçani qutqarib qolganlarini qayd qildi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Video Seoul Grand Park hayvonot boğining Facebook’dagi sahifasida paydo bölgan. Videodan filça basseynga tuşib ketganini köriş mumkin. Filçaning suv sirtida uşlanib turolmay, çökayotganini körgan katta fillar sarosimaga tuşib, özlarini suvga otganlar.

Ular filçani xartumlari bilan uşlagança, basseyndan itarib çiqara boşlaşgan.

Hayvonot boğida ma'lum qilinişiça, bu voqea oqibatida fillardan heç qaysi biri jabrlanmagan.