BMT boş kotibi Antonio Gutteriş Özbekistonga taşrifi doirasida ikki asosiy masalaga e'tibor qaratdi: suv va mintaqaviy xavfsizlik. Bu haqida 21 iyun kuni bölib ötgan Xalqaro Press-klub köp tomonlama hamkorlik masalalariga bağişlangan yiğilişida BMT koordinatori Saşa Grauman ma'lum qildi. Tadbirda qatnaşgan "Kun.uz" muxbiri şu mavzudagi ma'lumot bilan bölişdi.

BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş Orol dengiziga borib, u yerdagi vaziyat va global muammo bilan yaqindan tanişdi. U bu suv resurslaridan foydalanişda yetarliça köp tomonlama hamkorlikning yölga qöyilmagani natijasi sifatida qayd etdi. Hozirda BMT suvdan töğri foydalaniş böyiça ikki katta konvensiya işlab çiqmoqda. 

Şuningdek BMT koordinatori Özbekistonda Şavkat Mirziyoyev boşçiligida yölga qöyilayotgan ta'lim va yoşlar siyosatiga doir özgarişlarni yuqori baholadi. BMT boş kotibi Özbekistonda bölganida Prezident bilan şu masalalarda ham suhbatlaşdi. 

Bundan taşqari Özbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasi muhokama qilindi. Eng muhimi, bu Strategiyani hayotga tadbiq qiliş davomida erişilgan natijalardir, deydi BMT koordinatori. 

"Kelgusi yillarda Özbekiston qator konvensiyalar böyiça BMTga hisobot taqdim etib boradi. Şu bois Strategiyaning barça yönalişlari böyiça Özbekistonning katta muvaffaqiyatlarga erişişga tilakdoşman. 

Öylaymanki, BMT boş kotibi va Özbekiston Prezidenti örtasidagi muloqot ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqdi. Şu munosabat bilan BMTning Özbekistondagi barça taşkilotlari Harakatlar strategiyasi dasturini amalga oşirişda uni qöllab-quvvatlaşga tayyor. Zero bu nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun muhim ahamiyatga ega", - deya sözlarini tugalladi koordinator.