Insoniyat Yerda haddan ziyod aholi köpayişi va iqlim özgarişi sababli yöq bölib ketişga uçramaslik uçun uni yaqin 30 yil içida tark etişni boşlaşi kerak. Bunday fikrni taniqli britaniyalik olim Stiven Xoking bildirdi, deb yozmoqda The Telegraph naşri. Xoking bu fikrni Norvegiyaning Tronxeym şahridagi Starmus ilmiy festivalidagi nutqida aytib ötdi.

Astrofizikning fikriça, Mars va Oyda mustamlakalar yaratiş va u yerga yangi olamni yaratişni boşlaş uçun ösimliklar, hayvonlar, qöziqorinlar va haşarotlar namunalarini yuboriş juda muhimdir. Olimning ta'kidlaşiça, insoniyatning asteroid bilan töqnaşuvdan, harorat kötarilişi va aholining haddan ziyod köpayişidan yöq bölib ketişi faqatgina vaqt masalasidir.

"Odamlar Yerni tark etişi kerakligiga işonçim komil. Bu sayyora biz uçun juda kiçiklaşib ketmoqda, tabiiy zaxiralarimiz falokatli sur'atlar bilan kamayib ketmoqda", deb aytdi Xoking.

Olim avval insoniyat bunday inqirozlarga duç kelganda, har doim mustamlakalaştiriş mumkin bölgan joy bölganini eslatib ötdi.

"Kolumb buni 1492 yilda yangi olamni oçib amalga oşirgan. Biroq endi yangi olam yöq. Bizga Yer torlik qilmoqda va biz keta oladigan yagona joy – boşqa sayyoralardir", deb qöşimça qildi olim.

Xoking öz nutqida Yerni oxir-oqibat asteroid bilan vayronkor töqnaşuv kutayotganini aytdi. "Bu ilmiy fantastika emas. Bu fizika va ehtimollik qonunlari bilan kafolatlangan", deb aytdi olim.

U, şuningdek, koinotga kirib boriş nafaqat insoniyatning kelajagini jiddiy tarzda özgartirişini, balki bu kelajak umuman bor-yöqligini belgilovçi omil bölişi mumkinligini qöşimça qildi.