Xalqaro Press-klubning navbatdagi uçraşuvida Oliy Majlis Senat raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Pokiston va Hindistonning ŞHTga qöşilişi taşkilot faoliyati qanday ta'sir körsatişi va uning Özbekistonning milliy manfaatlariga foydasi haqidagi savolga javob berdi.
"Hindiston va Pokiston Markaziy Osiyo bilan ginetik darajada boğliq, deb öylayman. Bu davlatlar bilan bizning madaniyatimiz, arboblarimiz va qardoşlik riştalarini inobatga olib, ularni begona deb ayta olmaymiz. Öylaymanki, aksinça - hozirgi Markaziy Osiyodagi muammolarning aksariyati aynan şu ikki mamlakat bilan yeçimini topişi mumkin.
Nima uçun Özbekiston Pokiston va Hindistonning ŞHTga qöşilişini qöllab-quvvatladi? Masalan, xavfsizlik masalasi. Afğonistonning asosiy muammolaridan biri - bu taşqi ta'sir. Biz qöşni mamlakatlar bilan u yerda tinçlikni qaror toptirişga doir dasturlarni amalga oşirişimiz kerak. Buni esa Pokiston va Hindistonsiz hal qilib bölmaydi", - deya fikr bildirdi Safoyev.

















