Şanxay sudi ikki rossiyalikka tegişli Yishidun International Trading kompaniyasiga nisbatan jazo hukmi çiqarib, ular zimmasiga 101 mln dollar tölovni yukladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bu hukm Xitoy uçun yuqori çastotali treyding bilan şuğullanuvçi kompaniyaga çiqarilgan ilk hukm böldi.
Şanxay sudi Yishidun 2015 yilda China Financial Futures Exchange birjasi axborot tizimiga noqonuniy ulanib, axborotni tezroq olişda ustunlikka ega böliş hisobiga 389 mln yuan miqdorida foyda körganlikda aybdor deb topdi.
Kompaniya Xitoy fyuçers şartnomalari bozorida firib işlatganlik uçun 300 mln yuan (44 mln dollar) jarimaga tortildi va noqonuniy olgan daromadni qaytarib beriş majburiyati qöyildi.
Kompaniya rahbarlaridan biri Gao Yan uç yillik şartli qamoq jazosi oldi va 1 mln yuanga jarimaga tortildi. Yana bir direktor Lyan Tszeçjun 2,5 yillik şartli qamoq jazosi va 800 ming yuanlik jarimaga tortildi. Bundan taşqari, China Fortune Futures birjasi brokeri ham jazolandi. U 5 yillik qamoq jazosi oldi va 600 ming yuanlik jarimaga tortildi.
Xitoy hukumati yuqori çastotali treydingni 2015 yilda fyuçers bozorining qulaşi sabablaridan biri deb hisoblab keladi. Öşanda bu bozorning kapitallaşuvi 5 trln dollarga tuşib ketgan.
Financial Times naşri 2015 yilda Yishidun kompaniyasi 2012 yilda Gonkongda Georgiy Zarya va Anton Muraşov tomonidan ta'sis etilganini ma'lum qilgandi.

















