Inson hayotiy dunyoda umrguzaronlik qilar ekan, Alloh tomonidan unga taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalangan holda ikki dunyo saodatmandi böliş uçun zaxira töplaydi. Bu imkoniyatlarni har kim ham körib, anglab yetavermaydi. Yaratganning özi bandasiga bu imkoniyatlarni anglaş uçun hikmat berib qöyadi. Ramazon kunlari, ayniqsa, Laylatul Qadr keçasi ana şunday imkoniyatlardan biridir.

Allohga şukrlar bölsinki, bu yilgi Ramazon oyida yurtimiz masjidlari haqiqiy mömin-musulmon, ixlosmand va Yaratgan marhamatidan umidvor insonlar bilan tölib-toşdi. Xatmonlar, taroveh namozlari va duoi-zikrlar bu kunlarning fayziga fayz qöşdi. Jumladan, Ramazonning 27-kuniga ötar arafasida Qadr keçasining kutib olinişi ham özgaça şukuhli va tarovatli böldi.

Poytaxtning “Mirzo Yusuf” jome masjidida Alloh roziligi va savobni niyat etib töplangan mömin-musulmonlar bu keça fayzidan, rahmatidan, barakasidan umidvor holda duoga qöl oçişdi. Muhammad Loyiq qori Abdulvohid öğli Xatmi Qur'on duosini öqiganda qalblar tölqinlandi, “omiyn” deya duolar mustajobidan umid qilindi. Duo olişning uluğ fazilat ekanligi, qilingan duolar qabul bölişidan taqdirlar özgarib ketişi haqida Payğambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak hadislarida marhamat qilingan. Barça mömin-musulmonlarning şu keçada qilgan duolari Yaratgan huzurida maqbul bölişini ixlos ila niyat qilib qolamiz.