Çili maxsus xizmatlari Çilidagi natsist josuslari Panama kanalini barbod qilişni rejalaştirgan Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi hujjatlarni oşkor qilişdi.
Panama kanali Ikkinçi jahon uruşi vaqtida AQŞ hukumati tomondan nazorat qilingan va ittifoqdoşlarga yuk taşiş böyiça muhim dengiz yöli hisoblangan.
"Assoşieyted Press" axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Çili razvedkasi josuslik tarmoği yetakçilarini Valparaiso portida hibsga olganidan keyin uşbu fitnaning oldini olişga muvaffaq bölgan.
Oşkor qilingan hujjatlarda Çilida Germaniya foydasiga harakat qilgan 40 ga yaqin josus qölga olingani körsatilgan. Ularda şifrlaş bloknotlari, radiouzatkiçlar va qurollar topilgan.
Natsist josuslari kanalni işdan çiqarişdan taşqari, Çili şimolidagi şaxtalarni minalaştirib qöyişmoqçi bölişgan.

















