Internetdagi ayrim ommaviy axborot vositalarida 1 iyuldan boşlab özbekistonlik xonandalar kliplarini Youtube videoportaliga joylaştiriş uçun ham «Özbekkonsert» davlat muassasasi qoşida taşkil etilgan badiiy kengaş ruxsatini olişi kerak böladi, mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Kun.uz tahririyati uşbu xabarning haqqoniyligini aniqlaş maqsadida «Özbekkonsert» davlat muassasasi (avvalgi «Özbeknavo» estrada birlaşmasi) qoşidagi Kontsert-tomoşa faoliyatini litsenziyalaş bölimi boşliği Odiljon Abduqahhorov bilan boğlandi va u kişidan quyidagi javoblar olindi:
— Keyingi paytlarda xonandalar örtasida juda baçkana kliplar yaratiş holatlari kuzatilmoqda. Azamat aka (Haydarov) iş boşlaganidan söng, ularga taklif bilan çiqdik va ular buni ma'qullaşdi: biz ikki yildan buyon televideniye bilan hamkorlikda san'atkorlar borasida yagona badiiy kengaş taşkil qiliş uçun harakat qilib kelmoqdamiz.
Biz baribir «Özbekkonsert» qoşida badiiy kengaş taşkil qildik. Badiiy kengaşga klipmeyker va şu sohada şuhrat qozongan şaxslarning köpçiligi a'zo bölgan. Maqsadimizga köra, kim qanday nima maqsadda klip çiqaryotganidan, qaysi viloyatda xizmat körsatayotganidan qat'i nazar, agar u bizdan litsenziya olgan bölsa, işlagan klipini bizga yuboradi. Klip badiiy kengaş tasdiğidan ötganidan söng, unga televideniyeda aylantirişga ruxsat beriladi.
Masalan, yaqinda Qiliçbek Madaliyevning Youtube’da joylaştirilgan kliplaridan birini oldirib taşladik.
San'atkorlarimiz ham klip olişda ozmunça xarajat qilmaydi, albatta. Televideniyening öz badiiy kengaşidan ötayotgan kliplarni ham körib turibmiz.
— Tuşunarli. Endi yana bir savol: misol uçun, men klip oldim, «Özbekkonsert» badiiy kengaşiga taqdim etdim, klip ma'qullandi. Menga bu haqida biror hujjat berilsa kerak. Men öşa hujjat bilan televideniye eşigidan bemalol kiramanmi yoki ularning badiiy kengaşi xulosasini ham kutamanmi?
— Yöq, televideniye heç qanday hujjat talab qilmaydi. Biz tasdiqlagan klip televideniyening har qanday talablariga javob beradi, deyapman. Yana bitta narsaga e'tiboringizni qaratmoqçiman: bizning tasdiğimizdan ötmagan kilipni televideniye qöya olmaydi. Qöygan taqdirda ham, biz uni oldirib taşlaşga endi haqlimiz.
— Bu vaziyat san'atkorlarning erkin ijod qilişiga tösqinlik bölib qolmaydimi?
— Yöq, bu aksariyat san'atkorlarning özlariga ham ma'qul keldi. Buning yana bir plyus tarafi bor. Masalan, aytaylik, Otabek Mutalxöjayevning «Bombey» qöşiğiga işlangan klipni oldirib taşladik. Xonanda öşa klipni suratga oliş uçun Hindistonga borgan, s'yomka uçun pul sarflagan. Albatta, bu taassufli. Endi xonandalar klipmeykerlar bilan kelişib, hali klip suratga olinmasdan turib, rejissyor bilan klip ssenariysini bizga taqdim etadi, öşa yerda klip mohiyati va fikrlar örganiladi, ana öşandan keyin bemalol klip olib, tarqatilaveradi.
















