Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamid Karzay Afg‘onistonda terrorizm tarqalishida AQShni aybladi
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning ma'lum qilishicha, AQSh Afg‘onistonda 16 yil davomida terrorizm tarqalishiga turtki bergan.
RIA Novosti’ning xabar berishicha, u bu haqda Pekindagi VI-Butunjahon tinchlik forumi doirasida chiqish qilib, ma'lum qildi.
«AQSh Afg‘onistonda bo‘lgan 16 yil davomida ekstremizm va terrorizmning o‘sishini oldini olmadi, hamda ular qandaydir yo‘l bilan boshqa ekstremistik guruh – IShIDning kengayishiga imkon berishdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Karzay.
Afg‘oniston sobiq prezidentining qo‘shimcha qilishicha, «eng katta bomba» deya atalgan GBU-43 bombasining qo‘llanilishi mamlakatdagi terroristik tahdidning yanada oshishiga olib kelgan.
«Afsuski, bir necha kundan so‘ng IShID terrorchilik guruhi nafaqat yo‘q qilinmagani, balki aksincha – yanada keng tarqalganining guvohiga aylandik», - deya ma'lum qildi u.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026