Tojikistonda bir ayol ikki kişining qotilligida gumon qilinib, militsiya xodimlari tomondan hibsga olindi. Ma'lum qilinişiça, Xatlon viloyatining Paxtakor qişloğida yaşovçi 37 yoşli ayol öz turmuş örtoği va uning yaqinlarini zaharlab kelgan.  

Içki işlar vazirligida ma'lum qilinişiça, ayol turmuşga çiqqanining ilk kunlaridanoq 43 yoşli eri va uning yaqinlarini yomon körib kelgan. U 2014 yil 29 iyunda kurutob deb nomlanuvçi milliy taom tayyorlab, unga haşarotlarga qarşi vosita aralaştirib qöygan va şu zaharlangan taomni dalada işlayotgan eri va uning oilasi a'zolariga olib borgan. Bu taomni tanovul qilgandan keyin 8 kişi zaharlaniş bilan şifoxonaga yetkazilgan. Ular orasida ayol erining 39 yoşli ukasi, uning 34 yoşli rafiqasi va 3 nafar yoş bola hamda erining qarindoşlari – Duşanbeda yaşovçi 19 yoşli bola, 38 va 36 yoşli erkaklar bölgan.   

Zaharlaniş oqibatida ayol erining ukasi vafot etgan. Qotil ayol bu bilan çeklanib qolmagan. U şu yilning sentabrida erining oilasini zaharlangan nonlar bilan "siylagan". Buning oqibatida Panj viloyati şifoxonasiga ayolning 34 yoşli beva ovsini, erining 26 yoşli singlisi va 4 yoşli qizça tuşib qolganlar. Ular orasidan norasida qizça ayolning qurboniga aylangan.  

Nafratdan "aqli ozgan" ayol erining amakisi vafoti bilan ötkazilayotgan uç kunlik motam iştirokçilari uçun yana zaharlangan nonlar pişirgan. Bu galgi zaharlanişdan Qörğon-tepa şifoxonasiga 7 kişi yetkazilgan.  

Oxir-oqibat ayolning kirdikorlari ma'lum bölib, unga nisbatan qotillik moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Ayni vaqtda tergov olib borilmoqda.

Tojikiston içki işlar vazirligi saytida zaharlaş holatlari nima uçun 2014 yilda qayd qilingani, jinoiy iş qözğatilgani haqidagi xabar esa endi paydo bölgani haqida heç narsa deyilmagan.