"Tolibon" jangarilarining Afğoniston ğarbida joylaşgan Salma töğonidagi nazorat-ötkaziş punktiga hujumi oqibatida mamlakat xavfsizlik kuçlarining 10 xodimi halok böldi.
Bu haqda Hirot viloyati gubernatori matbuot kotibi Farhod Jalaniy ma'lum qilgan.
Jalaniyning aytişiça, şuningdek 4 politsiyaçi jarohat olgan. Şuningdek, jang davomida 4 jangari ham yöq qilingan.
Töğonda 300 mln dollarlik rekonstruksiya işlari amalga oşirilib, işlar 2016 yilda yakunlangan. Balandligi 100 metrdan oşiqroq va eni 540 metr bölgan töğon yiliga 42 megavatt elektr energiya berişi va Hirot viloyatidagi 75 ming gektar yerni suğorişda yordam berişga möljallangan.

















