Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi tufayli 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasining Suriyadagi zarbasi natijasida 57 kishi halok bo‘ldi, ularning ko‘pchiligi tinch aholi vakillaridir. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, zarba Al-Mayadin shahridagi IShID jangarilari tomonidan qamoqxona sifatida foydalanilgan binoga berilgan. Unda terrorchilar tomonidan asirga olingan oddiy fuqarolar ham bo‘lgan.
Suriya inson huquqlariga rioya etish bo‘yicha monitoring markazi ma'lumotiga ko‘ra, aviazarba oqibatida oddiy suriyaliklardan 42 nafari halok bo‘lgan.
Koalitsiya vakili Rayan Dillonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xabarlar tekshiriladi.
«Agarda biz tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlarga mas'ul bo‘lsak, unda buni tan olamiz», - deya Dillonning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026