2017 yil 13 aprel kuni Buxoro şahar IIBga Muborak köçasi 34-uyda yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan S. Şaropova ariza orqali murojaat qilib, 2017 yilning 7 aprel kunidan 8 aprel kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs uning uyiga ğayriqonuniy ravişda kirib, yotoqxonasida bölgan temir seyf içidan 125 million sömga teng bölgan ayollar tilla taqinçoqlari va 300 yevro pullarini öğirlab ketganligini bildirgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Xodimlar tomonidan tunu-kun olib borilgan tezkor-suriştiruv işlari natijasida uşbu jinoyatni, Buxoro şahrida yaşovçi, kirakaşlik bilan şuğullanuvçi fuqarolar 1992 yilda tuğilgan S.Töxtayev, 1992 yilda tuğilgan B.Xoliqov hamda 1993 yilda tuğilgan M.Ğulomovlar sodir qilganliklari aniqlangan. 
 
Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi asosida S.Töxtayev, B.Xoliqov va M.Ğulomovlarga nisbatan ayb e'lon qilingan.