Bugungi kunda Toşkent şahrida jami 49 foiz maydon yoki 11 mln. kvadrat metrdan ortiq yöllar ta'mirtalab. Bu haqda şahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Toşkent” telekanalidagi “Oçiq muloqot” körsatuvida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, joriy yilda Hukumat tomonidan 2,4 mln. kvadrat metr yöllarni ta'mirlaş böyiça 130 mlrd. söm mablağ ajratilgan, 400 ming tonnadan ortiq asfalt qorişmasi bilan ta'minlaş belgilandi.
“Buni ötgan yillarga taqqoslaydigan bölsak, ötgan 10 yil içida qança mablağ yoki qança asfalt qorişmasi ajratilgan bölsa, şuni 2017 yilning özida ajratilişi ta'minlanmoqda”, - degan Usmonov.
Uning sözlariga köra, bu boradagi işlar aprel oyidan boşlangan, 180 ming tonna asfalt qorişmasi yotqizildi. Yirik köçalarda bu boradagi işlar davom ettirilmoqda.
“Bu yil 505 ta mahalladan 212 tasining içki yölini butkul asfalt qiliş rejalaştirilgan. Hozirda 42 ta mahallada bunday işlar yakunlandi. Qolgan işlarni ham oktabr oyida yakunlaş rejalaştirilgan”, - dedi hokim.
















