Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda benzovoz portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 170 kishidan oshdi
Pokiston sharqida o‘tgan yakshanba kuni benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 173 kishiga yetdi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi mahalliy shifoxona vakili, shifokor Abdul Bositga asosan xabar berdi.
Avvalroq 148 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odamlar jarohat olgani xabar qilingandi.
Bositning so‘zlariga ko‘ra, yana 37 kishi shifoxonada qolmoqda.
Hodisa Panjob viloyatida yakshanba kuni ertalab yuz bergan. Mahalliy aholi to‘ntarilib ketgan benzovoz oldida, yo‘lga oqib ketgan yoqilg‘ini yig‘ib olish uchun to‘plangan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi kishilar sigareta chekishgan hamda shu orqali yong‘in yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. O‘nlab avtomobillar, 75 ta mototsikl olov domida qolgan.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026