Janubiy Koreya ötgan haftada öz suv hududida qutqarib olingan Şimoliy Koreyaning 8 nafar fuqarosini Şimoliy Koreyaga topşirdi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

Janubiy Koreya sohilböyi qöriqlaş xizmati dengizçilarni 23 iyunda Ullindo orolidagi havzada aniqlagan. Dengizçilar şikastlangan dvigatelli kema bortida bölganlar.

Ta'kidlanişiça, şimoliy koreyaliklarning barçasi vataniga qaytiş istagini bildirgan. 

"Kema va uning ekipajining 8 a'zosi Yapon dengizidagi topşiriş punkti orqali Şimoliy Koreya tomon jönatildilar", deb ma'lum qilgan Janubiy Koreya vakili.