Ukraina Oliy radasining “Pyotr Poroşenko bloki” fraksiyasidan deputat Sergey Leşenkoning ma'lum qilişiça, Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov hokimiyatni kuç bilan egallaşga tayyorgarlik körmoqda. U bu haqda ZIK telekanali efirida aytgan.

«Arsen Avakov jamoasi barça ssenariylarga tayyorgarlik körmoqda, jumladan hokimiyatni egallaşga ham. Içki işlar vazirining özi boş vazir bölişga tayyorlanmoqda. Sir emaski, Avakovning vizasisiz hukumat qaror qabul qilmaydi. Bundan taşqari, u “Xalq frontidan” işlovçi vazirlarni “kuzatib turuvçi” hisoblanadi», - deya ma'lum qilgan Leşenko.

Uning qöşimça qilişiça, Avakovning atrofida töğridan-töğri harakatlarga tayyor «yarim jinoiy guruh» taşkil topgan. «Bu tele va radioefirda hamma haqida barça narsani biluvçi Anton Geraşenko. Zoran Şkiryak ham jamoaga kiradi. U ommaga köproq ma'lum. Bundan taşqari, Avakovda kuç bölinmalari bor. Ular Ilya Kiva, Yevgeniy Deydey – har ikkisi avval sudlangan», - degan parlamentariy. Uning ta'kidlaşiça, IIV rahbari tarafdorlari orasida jinoyat dunyosida nufuzga ega bölgan Saşa Braslet, tadbirkor va siyosatçi Igor Kotvitskiy ham bor.

Arsen Avakov töntarişga urinişda birinçi marotaba gumon qilinayotgani yöq. Masalan, 2016 yilning dekabrida Oliy rada sobiq deputati Oleg Tsarev IIV rahbarini mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenkoni hokimiyatdan çetlatiş istagida ekanida aybladi. Uning sözlariga köra, davlat rahbari lavozimini sobiq boş vaziri Arseniy Yatsenyuk egallaşi mumkin, unga IIV rahbari bilan birga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov hamda Oliy rada spikeri Andrey Parubiy kömak körsatişga tayyor ekani iddao qilingandi.