Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
New York Times Trampga atab uch so‘zdan iborat maqola chiqardi
The New York Times AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter mikroblogidagi faolligiga bag‘ishlab maqola yoritgan.
Shunisi e'tiborliki, maqola matni bor-yo‘g‘i uch so‘zdan iborat.

«To‘xta. Shunchaki to‘xta», — deyiladi maqolada.
Gazetaning ushbu so‘zlari Amerika yetakchisining MSNBC telekanalining ertalabki Morning Joe dasturi boshlovchisi bilan yaqindagi tortishuviga nisbatan reaksiya sifatida yuzaga chiqqan. Xususan, kanal boshlovchilari Mika Bjyezinski va Jo Skarboro AQSh prezidentini tanqid ostiga olishgan, shundan so‘ng Tramp Twitter’da har ikki jurnalistni haqorat qilgan: Bjyezinskini u «IQsi past esipast», sherigini esa «jinni» deb atagan. Prezident har ikki teleboshlovchi yangi yilni u bilan birga kutishga muvaffaqiyatsiz urinishgani, o‘shanda Bjyezinskining yuzi o‘tkazilgan plastik jarrohlik tufayli qontalash bo‘lib yotganini ta'kidlab o‘tgan.
Amerika siyosatdonlari Trampning so‘zlarini e'tiborsiz qoldirishmadi va teleboshlovchilar nomiga yog‘dirilgan bunday so‘zlarni tanqid qilib chiqishdi.
Ilgariroq o‘tkazilgan so‘rovlar amerikaliklarning katta qismi prezident Twitter’dagi shaxsiy akkauntdan foydalanishini bas qilishini istashayotganini ko‘rsatgan edi.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026