Bugungi kunda mamlakatimizda barça sohalarni modernizatsiya qiliş va yangilaş jarayonlari yangi bosqiçda jadal olib borilmoqda. Hayot talablaridan kelib çiqib, yurtimizdagi köpgina davlat va nodavlat taşkilotlarining faoliyati yanada takomillaştirilmoqda. Şu nuqtai nazardan qaraganda, nafaqat yoşlarimiz, balki butun xalqimiz taqdiriga daxldor bölgan “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining bugungi kuni va ertangi istiqboli barçamizni öylantirişi tabiiy. 30 iyun kuni bölib ötgan yiğilişda Özbekiston Prezidenti şu masalaga murojaat qildi. 

"Sizlarga yaxşi ma'lum, bundan 16 yil oldin, ya'ni, 2001 yilda taşkil etilgan “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati ötgan davr mobaynida yoşlar hayotiga kirib borib, ularning ma'lum bir qismini öz atrofida birlaştirişga, öz Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni imkon darajasida bajarişga harakat qilib kelmoqda.

Ayni vaqtda tahlillar şuni körsatmoqdaki, mohiyat e'tibori bilan yoşlarning haqiqiy tayançi va suyançi bölişi zarur bölgan “Kamolot” harakati faoliyatida jiddiy kamçilik va nuqsonlar közga taşlanmoqda", - deydi davlat rahbari. Quyida ana şu kamçiliklar sanab ötiladi:

Birinçidan, “Kamolot” butun Özbekiston yoşlarini birlaştirgan, tom ma'nodagi ommaviy harakatga aylana olmadi. U asosan öz atrofida Harakat faoliyatiga xayrixoh bölgan yoşlarni uyuştirib, faqat ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidangina iş olib bordi.

Natijada yoşlarning keng qatlamlariga taalluqli bölgan dolzarb masalalar, avvalo, yoşlarning bandligini ta'minlaş, ularni katta maqsadlar sari safarbar etiş, uyuşmagan yoşlar bilan işlaş, qisqaça aytganda, yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş böyiça özini haqiqiy yoşlar taşkiloti sifatida körsata olmadi. Buning oqibatida uyuşmagan, ya'ni, işlamaydigan, öqimaydigan, tayin bir maşğulotga ega bölmagan, salbiy ta'sirlarga beriluvçi yoşlar soni ortib bormoqda.

Ikkinçidan, Özbekiston yoşlar ittifoqi davlat va jamiyat uçun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan öziga xos markaz bölişi, zamonaviy tilda aytadigan bölsak, yoşlar uçun “sotsial lift” vazifasini bajarişi kerak. U bilimli, taşabbuskor va taşkilotçi, fidoyi yoş rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratişi kerak.

Şu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşida Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş institutini taşkil etiş zarur.

Uçinçidan,