Berdimuhammedov O‘zbekistonni yana bir bor TAPH loyihasiga qo‘shilishga taklif etdi
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ashxobodda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashib, O‘zbekistonni yana bir marta Turkmaniston–Afg‘oniston–Pokiston–Hindiston (TAPH) loyihasiga qo‘shilishga taklif etgan. Bu haqda «Turkmandavlatxabarlari» davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Turkmaniston Prezidenti o‘zining 60 yoshlik yubileyiga O‘zbekiston nomidan tabrik va ezgu tilaklar uchun tashakkur bildirib, turkman-o‘zbek munosabatlarining do‘stona, yaxshi qo‘shnichilikka asoslanganligi hech qachon o‘zgarmasligini mamnuniyat bilan qayd etgan.
«O‘zbekistonning Markaziy Osiyo — Yaqin Sharq xalqaro yo‘lagi (O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon)da ishtirok etishga tayyorligini qo‘llab-quvvatlab, Gurbanguli Berdimuhammedov o‘zbekistonlik ishbilarmon doiralarni qurilishi amaliy bosqichga ko‘tarilgan Turkmaniston–Afg‘oniston–Pokiston–Hindiston (TAPH) gaz quvurida ishtirok etishga, shuningdek, Kaspiy dengizi shelfida neft-gaz konlarini ishga tushirishga taklif etdi», — deb yozadi agentlik.
Yillik gaz o‘tkazish qobiliyati 33 mlrd. metr kub bo‘lgan TAPH gaz quvuri Turkmanistonning janubidagi Qalqinish konidan Hindistonnning Fozilka shahrigacha davom etadi va umumiy uzunligi 1814 kilometrdan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
16:23 / 28.10.2024