Buyuk Britaniya maxsus kuçlarining SAS bölimi öz xodimlarining Afğonistonda 2010 yildan 2013 yilgaça qurolsiz odamlarni öldirganini yaşirgan. Bu haqda harbiy politsiyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda The Times naşri xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, SAS’ning kamida bitta otryadi "Tolibon" guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilingan tinç aholining uylariga uyuştirilgan tungi reydlardan birida bu gumonlanuvçilarni qölga oliş örniga ularni sovuqqonlik bilan öldirgan. Bu orada britan maxsus kuçlari öz hisobotlarida birgalikdagi operatsiya vaqtida otişmani asosan Afğoniston maxsus kuçlari xodimlari olib borganlarini körsatişgan va göyoki ölgan afğonlar qöliga jangarilar qömondonlari köpinça işlatadigan Makarov töpponçasini tutqazib, sahnalaştirilgan fotosuratlar tayyorlaşgan. Biroq qurbonlardan ba'zilarining tanalarida britan armiyasi tomondan işlatiladigan öqlar izlari qolgan va hisobotlarda bir neça marotaba ölganlarga tegişli bölgan bir raqamdagi qurol takror körsatilgan.  

2014 yilda boşlangan tergov Nortmoore kod nomlanişi olib, u britan maxsus kuçlarining Afğonistonda 2010 yildan 2013 yilgaça sodir etgan noqonuniy harakatlari bilan boğliq 675 ta holatni öz içiga olgan. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligida aytilişiça, 90 foizdan köproq holat böyiça tekşiruvlar töxtatilgan va faqatgina 10 dan kamroq holatgina örganilmoqda.  "Qirollik harbiy politsiyasi qurolli kuçlarning Afğonistonda jinoiy xatti-harakatlar amalga oşirganining isbotini topmagan", deyilgan mudofaa vazirligida. 

Tergov 2021 yilgaça davom etişi mumkin, biroq mudofaa vazirligi uşbu holatlar böyiça yozgaça xulosa berilişini talab qilgan. Ma'lum qilinişiça, bu tergovçilarda holatlarni batafsil örganiş uçun yetarliça vaqt bölmasligi uçun qilingan.