Ma'lum bo‘lishicha, muallif o‘z maqolasida Salmonni deryali Allohga qiyoslagan. Jurnalist qirolni Allohning sifatlari va unga xos bo‘lgan xususiyatlar bilan ulug‘lagan. 

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qirol "haddan ziyod xushomadli matn"dan g‘azablangan va axborot vaziriga maktub yo‘llagan. Unda Salmon maqolaning sarlavhasi va undagi ba'zi so‘z ifodalaridan hayratga tushganini bildirgan. 

Qirol tezkorlik bilan jurnalist faoliyatini to‘xtatishga hamda gazetaga qarshi choralar ko‘rishga chaqirgan. Salmonning aynan qanday sanksiyalarni nazarda tutganiga aniqlik kiritilmagan.

"Biz bunday narsalarni hazm qila olmaymiz va ularga bag‘rikeng munosabatda bo‘la olmaymiz. Biz buni istamaymiz ham, tan ham olmaymiz. Shu bilan birga biz bunga nisbatan loqaydlik qanchalar jiddiy va xavfli bo‘lishi mumkinligini yaxshi anglab turibmiz".

Qirol Salmon

2 iyul kuni "Al-Jazira" uzr so‘ralgan rasmiy maktubni chop etdi. Tahririyat qirol Salmonga nisbatan Allohining fazilatlarini qo‘llab bo‘lmasligini tan olgan.