Toşkentning «Obod» klubi Oliy liga bu mavsumining birinçi davrasidan keyin öz faoliyatini tugatadigan böldi. Bu haqda klubga yaqin bölgan manba Tribuna.Uz‘ga ma'lum qilgan.

«Klub xususiy körinişda edi. Ya'ni öz biznesiga ega şaxsiy biznesi bor tadbirkorlarga tegişli. Ular klubni moliyalaştiriş özini oqlamaydi deb hisobladi va bundan buyoğiga jamoani moliyalaştirişni istamadi», deya ma'lum qilgan manba.

Ma'lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari futbolçilar bilan uçraşib, ularga mavjud vaziyatni tuşuntirgan va ularga boşqa jamoa topişlari mumkinligini aytgan.

Eslatib ötamiz, «Obod» klubi ötgan mavsumda Oliy liga yöllanmasini qölga kiritgan va katta qiyinçiliklar evaziga ligada jon saqlab qolgandi. Bu mavsumda esa Rauf Inileyev boşqaruvidagi jamoa 15-turdan keyin 9 oçko töplab, turnir jadvalining sönggi, 16-poğonasida ketayotgandi.